JCh-2026 uchun arizalar qachondan qabul qilinadi?
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2018 yil 16 martgacha 2026 yilgi Jahon chempionati uchun arizalarni qabul qiladi. Bu haqda FIFA kengashi a’zosi, “Rossiya-2018” tashkiliy qo‘mitasining bosh direktori Aleksey Sorokin ma’lum qildi.
- Davlatlar 2018 yil 16 martgacha 2026 yilgi Jahon chempionatiga arizalarni topshirishlari kerak. Bu rasmiy ariza berishning oxirgi muddati.
Ayni paytda ikkita nomzod bor. Birinchisi, AQSh, Kanada va Meksika bilan birgalikda, ikkinchisi, Marokash, hozircha shular ariza bergan, - deydi Sorokin.

Fikrlar