JCh saralashi. Falastin Singapur ustidan g‘alaba qozondi. Guruhimizda vaziyat qanday?

  • 4 iyun, 2021, 01:52
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlar davom ettirilmoqda.

Tecno

O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rin olgan "D" guruhida navbatdagi tur o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda Singapurga qarshi maydonga tushgan Falastin 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Hamid, Dabbag hamda Seyam mualliflik qildi. Dublni nishonlagan Tamer Seyam har ikki aniq zarbani 11 metrlik nuqtadan yo‘lladi.

Shu tariqa, yirik hisobda zafar quchgan Falastin ochkolari sonini 7 taga etkazib olgan holda, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Xuddi shuncha ochko jamg‘argan Singapur 4-pog‘onani band etgan. Peshqadam hamon 11 ochko to‘plagan Saudiya Arabistoni MTJ bo‘lsa, O‘zbekiston 9 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. So‘nggi pog‘onadagi Yamanda 5 ochko mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!