JCh–2026 saralash pley-off finali: Italiya, Polsha, Chexiya va Turkiya hal qiluvchi o‘yinlarda

  • 31.03.2026 15:51
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon chempionati–2026 Yevropa saralash bosqichi pley-off finalida hal qiluvchi juftliklar ma'lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra, Italiya mehmonda Bosniya va Gertsegovinaga qarshi maydonga tushadi. Polsha esa Shvetsiya bilan safarda kuch sinashadi. Yana bir bahsda Chexiya o‘z maydonida Daniyani qabul qiladi, Kosovo esa uyda Turkiyaga qarshi o‘ynaydi.

Ushbu to‘rt uchrashuv g‘oliblari Yevropa qit’asidan JCh–2026 final bosqichiga yo‘l olgan so‘nggi to‘rt terma jamoa sifatida musobaqaga yo‘llanma oladi.

Ayniqsa, Italiya uchun bu bahs katta ahamiyatga ega: jamoa so‘nggi ikki jahon chempionatini o‘tkazib yuborgani uchun bosim juda yuqori. Turkiya va Kosovo to‘qnashuvi ham katta qiziqish uyg‘otmoqda, chunki har ikki jamoa uchun tarixiy imkoniyat yuzaga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, bugungi muhim bellashuvlar Toshkent vaqti bilan 23:45’da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!