
Jek Grilish "Aston Villa"ni tark etishga tayyor
Angliya terma jamoasi xavbeki Jek Grilish o‘zini yangi klubda sinab ko‘rishga tayyor, deya xabar bermoqda The Telegraph.
Manba xabariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi mavsum yakunida "Villa Park"ni tark etish haqida bosh qotirmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Grilishga "Manchester Yunayted" asosiy da’vogar sifatida qaralmoqda, shuningdek "Tottenxem" va "Manchester Siti" ham futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda.
Joriy mavsumda Grilish APL o‘yinlari doirasida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 gol va 5 gollik uzatma muallifiga aylandi.
Fikrlar