
Jeko "Yuventus"ga o‘tmaydi, turinliklarga boshqa hujumchi kerak
“Roma” forvardi Edin Jekoning “Yuventus”ga transferi amalga oshmasligi mumkin.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, turinliklarning hujumchi sotib olishdagi rejalari o‘zgargan. Ular ayni damda "Barselona" forvardi Luis Suaresni ko‘zlamoqda. Agar urugvaylik futbolchi “ko‘k-anor ranglilar” bilan shartnomasini bekor qilsa va erkin agentga aylansa, “Yuve” u bilan albatta shartnoma imzolaydi.
Jekoda esa, faoliyatini davom ettirish uchun 2 ta yo‘l turibdi. Birinchisi, “Roma”da qolish, ikkinchisi 12 mln evro taklif qilayotgan “Inter”ga o‘tish.
Fikrlar