Jennaro Gattuzo "Napoli"da 2023 yilgacha qoladi

  • 10 iyul, 2020, 13:01
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo klub bilan 2023 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi, deya xabar bermoqda Nikolo Skira.

Tecno

42 yoshli mutaxassisning amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha amal qiladi.

Yaqin vaqtlar ichida Gattuzo va klub prezidenti Aurelio de Laurentis o‘rtasida uchrashuv bo‘ladi va tomonlar bu haqida rasman e’lon qiladi.

Eslatib o‘tamiz, neapolliklar klubi A Seriya turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!