"Jenoa" bosh murabbiyi iste’foga chiqarilishi mumkin

  • 1 dekabr, 2020, 10:40
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Jenoa" ustozi Rolando Maran davralar oralig‘ida klubni tark etishi mumkin, deya xabar bermoqda Football Italia.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 57 yoshli mutaxassis jamoaning mavsum startidagi yomon natijalari sabab, lavozimidan ozod qilinishi kutilmoqda. Uning o‘rniga SPAL sobiq bosh murabbiyi Leonardo Semplichi asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

Joriy mavsumda Eldor Shomurodov jamoasi Italiya chempionati 9 turidan so‘ng, 5 ochko bilan 19-pog‘onani band etib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool fan
01/12/2020 13:18
Ей йоколсин гирт ахмок тренер экан
Кеча зор уйнавотган элдорни алиштириб утирибди