
"Jenoa" bosh murabbiyining "Sampdoriya"ga qarshi o‘yindan oldingi fikrlari
"Jenoa" bugun bitta shahar va bitta stadionda o‘ynaydigan "Sampdoriya" bilan kuch sinashadi. Uchrashuvdan avval tashkil etilgan matbuot anjumanida Eldor Shomurodov ustozi Davide Ballardini o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Ajoyib derbi bo‘ladi. Afsuski, muxlislar uchrashuvni stadiondan kuzata olishmaydi va futbolchilar quvonchini ular bilan birga baham ko‘ra olmaydi. Juda achinarli. Biz buni his qilib turipmiz va shunga yarasha harakat qilamiz. Ular bizning yonimizda bo‘lishlarini istardik.
"Jenoa" har doim yaxshi o‘ynashni xohlaydi. Ammo buning uchun ko‘proq ishlashimiz lozim. Men shiddatli, qattiq kurashni va raqobatni kutmoqdaman. Raqib yaxshi o‘yin namoyish etishini bilamiz. Shunga mos rejalarimiz bor, - dedi Ballardini.
Fikrlar