
“Jenoa” Shomurodovni uzoq ushlab turmaydi
Shomurodovning “Jenoa”ga o‘tgani haqiqatan shov-shuvli transfer bo‘ldi va uning atrofidagi fikr-mulohazalar, taxmin va tahlillar hamon tingani yo‘q.
Biz Eldor Shomurodovning faoliyatidagi eng muhim qirralar haqida ma’lumot berishga qaror qildik.
"Futbolchilarni arzon olib, keyinchalik qimmatroqqa transfer qilish odati genuyaliklarning qonida bor. Eng yorqin misol polshalik Kshishtof Pyontek. Bu to‘purar uchun “Jenoa” Shomurodovning transferidan roppa-rosa ikki barobar kam – 4,5 million evro sarflab, keyinroq uni 35 million evroga “Milan”ga sotib yubordi.
“Jenoa”ning moliyaviy imkoniyati qimmatbaho futbolchilarni sotib olishni ko‘tarmaydi. Genuyaliklar asosan erkin agent yoki bir-ikki million evro evaziga keladigan futbolchilarni oladi va o‘yinchi o‘zini ko‘rsatganida, uni sotib yuborishga e’tibor qaratadi. Hatto Eldor Shomurodov uchun to‘langan summani o‘ta katta xarajat, deb klubning transfer siyosatini tanqid qilayotganlari ham bor.
“Jenoa” Shomurodovni ham qarigunicha o‘ynatmasligi aniq. Eldorning o‘zi ham bunday bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Eldor uchun “Jenoa” kuchli klublarga o‘tish uchun pillapoyaning bir pog‘onasi bo‘lib xizmat qilishi kerak.
Genuyaliklar Eldorni faqatgina daromad ko‘rish uchungina sotib olgan, deyish ham noto‘g‘ri. Shomurodov bu klubga kuchli hujumchi sifatida ham kerak"...
Maqolaning to‘liq shakli bilan tanishing:
Fikrlar