Jeparov "Rubin"ga malaka oshirish uchun borgandi...

  • 20.04.2020 00:36
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Yaqinda o‘zbek futbolining sobiq yulduzlaridan biri Server Jeparov maxsus izolyatsiyada ikki haftalik karantin muddatini o‘tab chiqqani haqida xabar bergandik.

Uning ikki haftalik karantinga olinishiga esa Rossiyaga borgani sabab bo‘lgandi. Ma’lum bo‘lishicha, Jeparov Qozonning “Rubin” klubida murabbiylik malakasini oshirishni ko‘zlagan. Bu haqida uning o‘zi shunday dedi:

- O‘g‘lim bilan birga “Rubin” klubida malaka oshirish uchun Qozonga borgandim. U ko‘pincha men bilan safarlarda hamroxlik qiladi. “Rubin”da esa bizning do‘stlarimiz bor. Ammo keyinchalik vaziyat shunday bo‘ldiki, O‘zbekistondagi kabi Rossiyada ham pandemiya boshlangan ekan. Natijada ortga qaytishimizga to‘g‘ri keldi.

Tez orada Server Jeparov bilan uyushtirgan suhbatimizni saytimiz orqali o‘qishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!