Jermeyn Jenas: "Arsenal" bu mavsum kuchli to‘rtlikka ham kira olmaydi

  • 3 aprel, 2019, 16:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" klubi sobiq futbolchisi Jermeyn Jenas "Arsenal"ning joriy mavsum kuchli uchlikka kirish yoki kira olmasligi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Hozir “kanonirlar” 3-o‘rinda ketishmoqda. Lekin, ular safardagi o‘yinlarni juda yomon o‘tkazishmoqda. Oldinda yana 7ta o‘yin bor va “Arsenal” ularning 5tasini safarda o‘tkazadi. Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni “Tottenxem” bilan “Manchester Yunayted” egallaydi deb o‘ylayman”, - deydi Jenas.

Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” ayni damda 63 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. Ammo, keyingi o‘rinlarda borayotgan “Tottenxem” va “Manchester Yunayted” ulardan bor yo‘g‘i 2 ochko kam jamg‘argan xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!