
Jerrard APLga murabbiy sifatida qaytishi mumkin
"Nyukasl" klubi rahbariyati jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Stiv Bryus o‘rniga 3 ta nomzod topib qo‘ydi. Bu haqda The Times nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, "qarg‘alar" bu borada Stiven Jerrard ("Reynjers"), Roberto Martines (Belgiya terma jamoasi) va Unai Emeri ("Vilyarreal") nomzodlarini ko‘z ostiga olib qo‘yishgan.
Eslatib o‘tamiz, yaqindagina "Nyukasl"ni Saudiya Arabistoni davlat fondi sotib olgan edi. Jamoaning yangi xo‘jayinlari “Manchester Siti” xo‘jayinidan naqd 14 barobar badavlat hisoblanadi.
Fikrlar