Jerrard azaliy raqiblarini boshqaradi

  • 27 iyun, 2021, 21:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yulduzli onlari “Liverpul”da o‘tkazgan Stiven Jerrard futbolchilik davrida asosiy raqobatchilaridan bo‘lgan “Tottenxem” futbolchilariga ustozlik qilish imkoniga ega bo‘ldi.

Shotlandiyaning “Reynjers” jamoasini muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan Jerrardni “Tottenxem” rahbariyati ishga taklif qilishni rejalashtirmoqda. Mourinoni iste’foga chiqarganidan keyin londonliklar Nunu Santu bilan muzokara qilayotgan edi. Ma’lumotlarga qaraganda, tomonlar kelisha olmayotgani bois, Jerrard varianti o‘rtaga tashlandi.

Jerrard “Reynjers”ni Shotlandiya chempioniga aylantirganidan keyin uning Angliya premer-ligasi qaytishi haqida xabarlar tarqatila boshlandi. Ko‘pchilik Stiven Yurgen Kloppdan keyin o‘ziga qadrdon bo‘lgan “Liverpul”ni boshqarishini kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!