Jerrardning shogirdi Mourinoning e’tiboriga tushdi

  • 8 mart, 2020, 20:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi "Reynjers" himoyachisi Borne Barishichning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda The Scotsman nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra “shporlar” 27 yoshli xorvatiyalik futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olishmoqchi va uning uchun glazgoliklarga 25 mln evro to‘lashga tayyor. Ushbu transferni shaxsan londonliklar ustozi Joze Mourino xohlamoqda. U Borne orqali jamoaning chap qanot himoyasini kuchaytirmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Barishich joriy mavsum “Reynjers” safida 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!