Jessi Lingard uchun ispan va italyan klublari da’vogarlik qilmoqda

  • 3 fevral, 2020, 22:10
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Britaniya matbuoti xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingard yozda klubni tark etishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi yozda mankunianliklar tarkibini tark etishga qaror qiladigan bo‘lsa "Atletiko" va "Roma" klublari Lingardni qo‘lga kiritishga urinib ko‘rishadi.

Ma’lumot o‘rnida, Angliya terma jamoasi futbolchisining "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi 2021-yil 30-iyunda yakuniga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!