
Jill Ellisga yilning eng yaxshi ayollar murabbiyi mukofoti topshirildi
Milandagi La-Skala nomli opera teatrida FIFA tomonidan yilning eng yaxshilari taqdirlanmoqda. Shu qatorda, yilning eng yaxshi ayollar murabbiyi nomi ham e’lon qilindi.
Ushbu sovringa AQSh termasi bosh murabbiyi Jill Ellis egalik qildi. Ellisdan tashqari, mukofot uchun Fill Nevill va Sarina Vigman da’vogarlik qilishgan edi.
Eslatib o‘tamiz, biroz avvalroq Gollandiya ayollar terma jamoasi darvozaboni Vendelar eng yaxshi ayoolar darvozaboni mukofotini qo‘lga kirtigan edi.
Fikrlar