
Jiu-jitsuchilarimiz Jahon Kubogida 6 ta oltin, 4 ta kumush, 5 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi
Xalqaro Jiu-jitsu federatsiyasi (IJJF), Xalqaro universitet sport federatsiyasilari (FISU) tashabbusi bilan tashkil etilgan sport bayramida dunyoning 20 ga yaqin mamlakatlari sportchi talabalari ishtirok etishdi. Bu haqda O‘zbekiston Jiu-jitsu federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Quvonarli tomoni O‘zbekiston Jiu-jitsu federatsiyasi mazkur mazkur nufuzli musobaqada ilk bora ishtirok etishiga qaramay eng yuqori kursatgichni qo‘lga kiritdi.
Ne Waza, Fighting, Duo system yo‘nalishlarida bo‘lib o‘tgan murosasiz bahslar yakunida Umid Nabiev, Feruz Usmonov, Nozimjon Odilov, Kamoliddin Anarqulov, Azizbek Toxirov, Umid Raximovlar terma jamoamiz hisobiga 6 ta oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.
Umumjamoa hisobida vakillarimiz 2-o‘rinni band etishdi.
Tailand jamoasi birinchi, qozog‘istonlik jiu-jitsuchilar uchinchi bo‘lishdi.
16 aprel kuni g‘olib va sovrindorlarimizni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro Aeroportida kutib olish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun: Jiu-jitsu sport turi qadimiy yakkakurash sport turlaridan biri bo‘lib dunyoda keng taraqqiy etgan etib bormoqda.
Yozgi Osiyo o‘yinlari dasturidan rasman o‘rin egallagan.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitalari hamkorligida O‘zbekiston Jiu-jitsu federatsiyasi 2017 yilda davlat ro‘yxatidan o‘tib yurtimizda tobora ommalashib bormoqda.
O‘zbekiston Jiu-jitsu federatsiyasi
Fikrlar