Jo Rogan: "Xabib Nurmagomedov o‘sha jangda mag‘lub bo‘lgandi"
UFC sharhlovchisi Jo Rogan rossiyalik MMA afsonasi Xabib Nurmagomedovning faoliyatiga toʻxtalib oʻtdi.
"Menimcha, Xabibni magʻlub eta olgan yagona jangchi Gleyson Tibau edi. Ular oʻrtasidagi bahs teng kurashlar ostida oʻtgan va oʻshanda, fikrimcha, Nurmagomedov yengilgan edi", - dedi Rogan.
Eslatib oʻtamiz, Tibau va Xabib 2012 yil 7 iyul kuni "UFC 148" turnirida toʻqnash kelgan va unda rossiyalik hakamlarning yakdil qaroriga koʻra gʻalaba qozongan edi.

Fikrlar