Joan Laporta: Xavi, albatta, "Barselona"ni boshqaradi

  • 14 dekabr, 2020, 01:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” prezidentligiga nomzod Joan Laporta Qatarning “Al-Sadd” klubida faoliyat yuritayotgan Xavi kelajakda albatta Kataloniya klubini boshqarishini aytdi.

“Xavi, albatta, "Barselona" ni boshqaradi. Men u bilan juda yaxshi munosabatdaman, aniq bilaman, u Kataloniya klubiga murabbiylik qilishni juda xohlaydi. Faoliyatini yakunlagach, o‘zlarini futboldan uzoqlashtirmoqchi bo‘lgan futbolchilar bor, ammo Xavi ularga o‘xshamaydi”, - dedi Laporta.

“Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblangan Xavi ushbu jamoa safida jami 767 ta o‘yinda maydonga tushgan va 85 ta gol hamda 184 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!