Joau Felish Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi mumkin

  • 28 iyun, 14:19
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"TalkSPORT" nashrining xabar berishicha, portugaliyalik vinger Joau Felishning kelajagi yana noma’lumligicha qolmoqda. Hozirda u "Chelsi"ga tegishli hisoblanadi, ammo uning Saudiya Arabistoni chempionatiga ko‘chib o‘tishi ehtimoli bor.

Tecno

Futbolchiga jiddiy qiziqish bildirgan jamoalardan biri — "Neom". Bu klub yaqinda Saudiya Arabistonining elita divizioniga ko‘tarildi va yangi darajadagi debyuti uchun tarkibni kuchaytirish niyatida. "Neom" birinchi divizionda raqibidan 14 ochko farq bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi va hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun Felishni jamoaga jalb qilmoqchi.

Bundan tashqari, "An-Nasr" klubi ham futbolchini kuzatib bormoqda. Agar Luis Diasni olib kelish muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlansa, Felish ular uchun asosiy alternativaga aylanadi. Saudiyalik grand klub bu transfer bo‘yicha shartlarni o‘rgana boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, Joau o‘tgan bahor mavsumida "Milan" safida ijara asosida o‘ynagan edi, ammo uning doimiy kelajagi hanuz noma’lum.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!