
Jokovich: "Finalda ishtirok etish men uchun sharaf"
Serbiyalik tennischi Novak Jokovich Argentina terma jamoasining jahon chempionatidagi g‘alabasidan so‘ng o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men ko‘rgan futbol o‘yinlarining eng yaxshisi bo‘ldi deb bemalol ayta olaman. Finalda ishtirok etish men uchun sharaf. Ushbu hayajonli lahzalar uchun rahmat! Bravo Argentina", - deb yozdi Jokovich ijtimoiy tarmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni Argentina terma jamoasi JCh-2022 finalida Frantsiyani mag‘lub etdi (3:3, pen – 4:2) va 36 yil ichida ilk bor jahon chempioni bo‘ldi.
Fikrlar