
Jokovichdan yana bir ajoyib natija
Serbiyalik raketka ustasi jahon reytingi 1-pog‘onasida o‘tkazgan haftalar miqdori 250 taga etdi. Ayni damda bu ko‘rsatkich bo‘yicha etakchi shveytsariyalik Rojer Federer hisoblanadi. U 310 hafta ATP reytingida peshqadamlik qilgan.
Bu borada kuchli beshlik quyidagicha ko‘rinish olgan:
1. Rojer Federer (Shveytsariya) - 310 hafta
2. Pit Sampras (AQSh) - 286
3. Ivan Lendl (AQSh) - 270
4. Jimmi Konnors (AQSh) - 268
5. Novak Jokovich(Serbiya) - 250.
Qayd etish joiz, Jokovich ushbu ro‘yxatda ikkinchi o‘ringa chiqib olishi mumkin. Buning uchun Jokovich 2020 yilning mart oyida qadar birinchilikni saqlab turishi zarur. Hozirgi vaqtda uning eng yaqin ta’qibchisi bilan oradagi farq 3395 ochkoni tashkil etmoqda.
Fikrlar