Jon Terri: "Chelsi" uchun Lemparddan boshqa yaxshiroq variant yo‘q
"Aston Villa" klubi bosh murabbiyi assistenti Jon Terri sobiq jamoadoshi Frenk Lempardning "Chelsi" bosh murabbiyligiga tayinlanishi borasida tarqalgan xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.
“Uning “Derbi”dagi muvaffaqiyatli mavsumi va “Chelsi”ga qo‘yilgan transfer ta’qiqidan so‘ng, ular uchun Lemparddan boshqa yaxshiroq variant yo‘q. Bu uning uchun ham, klub uchun ham eng zo‘r payt.
Ishonchim komilki, uning tayinlovi muxlislarni bezovta qilmaydi. Chunki, ular Lempardni yaxshi ko‘rishadi”, - deydi Terri.
Eslatib o‘tamiz, Terri va Lempard 2001-2014 yillarda “Chelsi”da birga to‘p surishgan.
Fikrlar