Jon Terri: "Hozirgi futbol zerikarli bo‘lib qoldi"

  • 10 iyul, 23:54
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi"ning sobiq sardori va afsonasi Jon Terri zamonaviy futbol haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Unga ko‘ra, bugungi futbolda zavq yo‘qolgan.

Tecno

"Men endi futbolni o‘tirib ko‘rmay qo‘ydim. Jamoalar "Manchester Siti"ga qarshi o‘ynaganda, butun tarkib bilan to‘p orqasida turishadi. Bu – zerikarli. Zarbalar kam, maydonda Eden Azar yoki Jo Koul kabi tomoshabop futbolchilar ko‘rinmaydi. Ular odamlarni o‘rnidan turguza olardi" – dedi Terri "talkSPORT" efirida.

Ma’lumot o‘rnida, Jon 2018 yil yozida professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan. U butun faoliyatini Angliyada o‘tkazgan: asosan "Chelsi"da o‘ynagan, shuningdek, 2000 yili "Nottingem Forest"da (ijara), 2017/2018 yilgi mavsumda esa "Aston Villa"da harakat qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!