
Jonatan Ta bo‘yicha taklif yuborgan ikki yirik klub ma’lum bo‘ldi
"Bayer"ning 28 yoshli markaziy himoyachisi Jonatan Ta kelgusi yozda tugaydigan shartnomasini uzaytirmasligini ma’lum qildi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda nemis futbolchisi 2025 yil yozida erkin agent sifatida o‘tish uchun ikkita aniq taklifga ega: "Bavariya" va "Barselona". Ta aynan shu klublardan birini tanlashi ehtimoli yuqori. Shu bilan birga, himoyachiga "Real" va "Inter" kabi etakchi jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 17 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol urdi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining narxi 30 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar