
Jordi Alba: PSJning futbolchilarini, murabbiyini yaxshi bilamiz!
Bugun tongda Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati doirasida "Inter Mayami" "Palmeyras" bilan bahs olib bordi va 2:2 hisobida durang o‘ynab, guruhda ikkinchi o‘rin bilan nimchorak finalga yo‘l oldi. Floridaliklar ushbu bosqichda PSJ bilan to‘qnash keladi.
G‘alabadan so‘ng Jordi Alba o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bu jamoamiz uchun ajoyib yutuq. Endi parijliklar bilan to‘qnashamiz bu uchrashuv biz uchun boshqalariga qaraganda juda qiyin bo‘ladi. Bu qarshilika qanchalik bardosh bera olishimizni ko‘ramiz. Jamoamiz uchala o‘yinda ham kurash olib bordi. Biroq hozir Chempionlar ligasi g‘olibi haqida gapiryabmiz. Biz ularning futbolchilarini, murabbiyini yaxshi bilamiz.
Luis Enrike qo‘l ostida o‘ynash baxtiga muyassar bo‘lganman va doimo uni dunyodagi eng zo‘r murabbiy deb aytardim. Ularni engishga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz", - dedi ispaniyalik himoyachi .
Ma’lumot uchun, PSJ hamda "Inter Mayami" o‘rtasidagi uchrashuv 29 iyun kuni soat 21:00 da start oladi.
Ataev Abdukarim
Fikrlar