Jorje Mendesh: Ronaldu tarixning eng yaxshi futbolchisi!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh o‘zining mijozi tarixdagi eng yaxshi futbolchi ekanligini ta’kidladi.

"Krishtianu Ronaldu tarixning eng yaxshi futbolchisi va siz buni yaxshi bilasiz," - dedi Mendesh A Seriyaning eng yaxshi futbolchisini taqdirlash marosimida.

Eslatib o‘tamiz, "Oltin to‘p-2019" sovrinini "Barselona" forvardi Lionel Messi qo‘lga kiritdi.

Ronaldu esa bu borada uchinchi o‘rinni egalladi va marosimga tashrif buyurmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!