
Joshua: G‘alabamga Klichkoning maslahatlari yordam berdi
WBA, WBO, IBF va IBO yo‘nalishlari chempioni superog‘ir vazn toifasidagi Entoni Joshua Endi Ruisga qarshi jangda sobiq jahon chempioni Vladimir Klichkoning maslahatlariga quloq solganini ta’kidladi.
"Meni Nyu-Yorkda enggan Endi Ruisni inson sifatida hurmat qilaman. Men revansh uchun juda qiyin tayyorgarlik ko‘rdim.
Shu qatorda, menga yordam Vladimir Klichko yordam berganligini alohida aytib o‘tmoqchiman. U menga bebaho maslahatlar berdi. Undan juda ko‘p narsalarni o‘rgandim," - dedi Joshua.
Eslatib o‘tamiz, bugun tongda Joshua Endi Ruisni hakamlarning bir ovozdan chiqargan qaroriga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratib, Nyu-Yorkdagi mag‘lubiyat revanshini oldi.
Fikrlar