
Joshua Ruisdan 9 kilogramm engil bo‘lib chiqdi (video)
Ushbu kechaning asosiy jangi superog‘ir vazn toifasida WBA Super, WBO, IBF va IBO kamarlari uchun Entoni Joshua (22-0, 21KO) va Endi Ruis (31-1, 21KO)lar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur jang oldidan har ikkala bokschi vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi. E’tiborlisi, Ruis raqibidan naqd 9 kilogramm og‘irroq bo‘lib chiqdi. Asli kelib chiqishi meksikalik bo‘lgan Ruis 121,5 kg tosh bosgan bo‘lsa, Joshuaning og‘irligi 112,4 kgni tashkil etdi.
Fikrlar