Joze Mourino azaliy orzusiga etishishga yaqin
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino Portugaliya terma jamoasini boshqarishi mumkin. Bu haqda "La Gazetta delo Sport" nashri xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, Portugaliya Futbol federatsiyasi Jozeni "Roma" va terma jamoada bir vaqtda ishlashiga qarshi emas. Mutaxassis hozircha bir qarorga kelmadi.
Eslatib o‘tamiz, Mourino 2021 yildan buyon Rim klubida ishlab kelmoqda. Uning qo‘l ostida "bo‘rilar" Konferentsiyalar Ligasini yutishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar