Joze Mourino Bundesliga markaziy o‘yiniga tashrif buyurdi
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino Bundesliga 21-turi markaziy o‘yinlaridan biri "Bavariya" - "RB Leyptsig" uchrashuviga tashrif buyurdi.
Portugaliyalik mutahassis Angliya chempionatida vujudga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida UEFA Chempionlar ligasi nimchorak finalidagi raqibi "Leyptsig" o‘yinini bevosita kuzatishga qaror qilgan.
Shuningdek, ushbu bahs davomida Mourino ingliz klublari qiziqishlariga sabab bo‘layotgan Timo Vernerning o‘yinini ham kuzatib borgan.
Ma’lumot o‘rnida, "Tottenxem" - "Leyptsig" o‘rtasidagi dastlabki bahs 19-ferval kuni Londonda bo‘lib o‘tadi, javob o‘yini esa 10-mart kuni Germaniyada bo‘lishi rejalashtirilgan.

Fikrlar