
Joze Mourino Germaniyadan futbolchi chaqirdi
Joze Mourino tarkibni kuchaytirish maqsadida Myonxengladbaxning “Borussiya” jamoasi yarim himoyachisi Denis Zakariyani “Roma”ga chorlamoqda.
24 yoshli shveytsariyalik futbolchi Mourino jamoasida tayanch zonani mustahkamlashi kerak bo‘ladi. Futbolchining amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi va uni qo‘lga kiritish unchalik katta mablag‘ni talab qilmaydi.
Zakariya o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 32 ta uchrashuvda qatnashib, bittadan gol va golli pas muallifi bo‘ldi. Bu o‘yinchiga Angliya jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.
Joze Mourino “Roma”ni qabul qilib olganidan keyin jamoa safida darvozabon Ruy Patrisiu, himoyachilar Rojer Ibanes, Brayan Reynolds, Matias Vinya va hujumchi Eldor Shomurodov to‘ldirdi.
Fikrlar