Joze Mourino: Mxitaryan boshqa murabbiylardan farq qilishimni tushunib etdi
“Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino klub yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Har bir futbolchi o‘ziga yarasha boshqacha. Menda Marsyaldan ko‘ra Mxitaryan bilan qiyinroq vaziyat bo‘ldi. Lekin Genrix o‘zini ochiq his etib, men va boshqa murabbiylar o‘rtasidagi farqni tushunib etdi. APL, Ukraina va Germaniya chempionatlari o‘rtasida farq bor va ularning har biri o‘z falsafasi bilan ajralib turadi”, – dedi Mourino.

“Genrix ko‘p ishladi. U maydonga tushmagan bo‘lsa-da, mehnat qilishdan to‘xtamadi va yuqori darajaga etdi. Marsyal juda-juda yosh va ko‘pchilik buni unutib qo‘ymoqda. Bu mavsum unga qiyinroq bo‘ldi, ammo u ishlashda davom etsa, kerakli natijaga erishadi”, – qo‘shimcha qildi portugaliyalik mutaxassis.



Fikrlar