Jurnalistlar APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisini aniqlashdi

  • 20 may, 2021, 17:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi markaziy himoyachisi Ruben Diash Angliya futbol jurnalistlari assotsiatsiyasidan maxsus mukofotni qabul qilib oldi.

Gap shundaki, 24 yoshli portugaliyalik futbolchi assotsiatsiya jurnalistlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, joriy 2020/21 yilgi mavsumda APLning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

Ushbu mukofot uchun shuningdek, “shaharliklar”ning boshqa a’zosi - Kevin De Bryuyne va "Tottenxem" hujumchisi Harri Keyn nomzodi ham bor edi.

Ruben Diash joriy mavsum APLda 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi. Uning "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!