K Liga. Doston Tursunovning goli jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qoldi
Bugun Janubiy Koreya K Ligasida 16-tur o‘yinlari start oldi. Jamshid Iskanderov faoliyat olib boradigan "Seongnam" jamoasi o‘z maydonida Doston Tursunov to‘p tepadigan "Busan Ay Park"ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
61-daqiqada Yu In So mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, hakam tomonidan uchrashuvga qo‘shib berilgan 4-daqiqada Tursunov raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasining safardan 1 ochko bilan qaytishini ta’minladi. Iskanderov ikkinchi bo‘lim avvalida zaxiraga olindi.
Shu tariqa, "Seongnam" hisobidagi ochkolar soni 18 taga, "Busan"niki esa 16 taga etdi va jamoa turnir jadvalida mos ravishda 6 hamda 8-o‘rinlarni egallab turibdi.
K Liga. 16-tur
"Seongnam" — "Busan Ay Park" 1:1
Gollar: Yu In So (61) — Dostonbek Tursunov (90+4).



Fikrlar