
K Liga. "Seul" ham, "Seongnam" ham mag‘lub bo‘ldi
Bugun Janubiy Koreya K Ligasida 8-tur uchrashuvlari davom ettirildi. Ikrom Aliboev to‘p tepadigan "Seul" jamoasi o‘z maydonida "Ulsan"ni qabul qildi va 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Aliboev bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va 87-daqiqada zaxiraga olindi.
Jamshid Iskanderov faoliyat olib boradigan "Seongnam" esa "Sangju Sanmu"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Iskanderov to‘liq o‘ynadi.
Bugungi mag‘lubiyatdan so‘ng "Seul" hisobidagi ochkolar soni 6 ta, "Seongnam"niki esa 8 taligicha qoldi va turnir jadvalida mos ravishda 10 hamda 9-o‘rinlarni egallab turibdi.
K Liga. 8-tur
"Seul" - "Ulsan" 0:2
"Seongnam" - "Sangju Sangmu"
Fikrlar