K Liga. Tursunovning jamoasi amaldagi chempionga qarshi bahs olib bordi

  • 16 may, 2020, 16:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Janubiy Koreya K Ligasida 2-tur o‘yinlari start oldi. Hamyurtimiz Doston Tursunov faoliyat olib boradigan "Busan Ay Park" jamoasi o‘z maydonida amaldagi chempion "Chonbuk Motors"ni qabul qildi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Tecno

Tursunov bugungi bahsda zaxirada qoldi. Shu tariqa, "Busan Ay Park" bu tur ham mag‘lub bo‘lib, turnir jadvalining 10-pog‘onasiga tushib ketdi.

K Liga. 2-tur

"Busan Ay Park" - "Chonbuk Motors" 1:2

Gollar: Romulo (65 penaltidan) - Xon Chjin Xo (16), Veldviyk (90+3)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!