
"Kallalar" maksimal ishlatilgan jangda "Nasaf" g‘alaba qozondi
Superliganing 12-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Nasaf" o‘yini yakunlandi. "Uchrashuv mehmonlarning 1:2 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, 4 daqiqadayoq "So‘g‘diyona" futbolchischi Marko Kolakovich bosh bilan aniq zarba berib, hisobni ochdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, Oybek Bozorov Mannonovning uzatmasidan so‘ng hisobni tenglashtirdi. Birinchi taym oxirlashib borayotganda zaxiradan maydonga tushirilgan Muhammadievning uzatmasidan so‘ng Akmal Mozgovoy ham bosh bilan aniq zarba yo‘llab, "ajdarlar"ni hisobda oldinga olib chiqdi.
Keyinchalik jizzaxliklar ketma-ket hujumga o‘tdi. Ba’zi vaziyatlarda zarbalarga aniqlik etishmagan bo‘lsa, ba’zida himoyachilar tartibli harakat qildi.
Shu tariqa, "ajdarlar" safarda g‘alabani qo‘lga kiritdi. Barcha gollar bosh bilan kiritildi.
Fikrlar