
Kallum Xadson-Odoi: Messi yoki Maradona? Men Messini tanlardim, chunki...
Londonning "Chelsi" klubi hujumchisi Kallum Xadson-Odoi argentinalik futbol afsonalari - Lionel Messi va Diego Maradonalarni o‘zaro taqqosladi.
“Men Maradonaning ashaddiy muxlisiman. Bolaligimdan uni kuzatib boraman. U o‘zining aqlbovarqilmas chap oyog‘i bilan ajoyib futbolchi bo‘lgan. Diego raqiblarini aldab o‘tib gol urishni yoqtirgan.
Maradona yoki Messi? Ular o‘z davrida tengsiz bo‘lgan ajoyib futbolchilardir. Messi – buyuk futbolchi. U dunyoning eng zo‘r o‘yinchilaridan biri. Men Messining jamoasini tanlagan bo‘lardim, chunki, u mening davrimga yaqin”, - deydi angliyalik futbolchi.
Fikrlar