Kam gol urayotgan "Roma" futbolchisi jamoadan ketmoqchi
"Roma" futbolchisi Nikolo Dzanolo faoliyatini boshqa jamoa tarkibida davom ettirishi mumkin.
Italyan nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra, hujumkor o‘yinchi rimliklar bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmoqchi emas va o‘z omadini kuchliroq klubda sinab ko‘rmoqchi. Hozirgi bitim bo‘yicha u "bo‘rilar" safida 2024 yilga qadar qolishi lozim.
Avvalroq, italiyalik vingerga "Yuventus" jiddiy qiziqish bildirayotgani, hatto, uning agenti bilan muzokara boshlagani haqida xabar berilgandi.
22 yoshli futbolchi joriy mavsum Mourino qo‘l ostida 29 uchrashuvda maydonga tushib, 4 gol va 6 assist muallifiga aylangan.

Fikrlar