Kamerun 10 kishi bo‘lib qolgan raqibni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi
Afrika millatlar kubogi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan Kamerun - Komor Orollari uchrashuvi yakuniga etdi. Ushbu o‘yinda mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
29-daqiqada Ekambi hisobni ochdi. 70-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Abubakar oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Biroz o‘tib, Mchangama hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.
Shunday qilib, Kamerun Afrika millatlar kubogi chorak finaliga yo‘l oldi.
Shuningdek, Gambiya hamda Gvineya ishtirokidagi bahs ham bo‘lib o‘tdi. Unda Gambiya Barrou tomonidan 71-daqiqada kiritilgan yagona gol evaziga g‘alabani tantana qildi.

Fikrlar