
Kamoliddin Murzoev: Siz bir kunlik futbolchisiz, ertaga sizni unutib yuborishlari ham mumkin
O‘tgan yili OKMK bilan birga O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritgan Kamoliddin Murzoev muxlislarimizga yaxshi tanish futbolchi. U faoliyati davomida ko‘p bor jarohatlarga qarshi kurashishiga to‘g‘ri keldi. Shu bois oxirgi paytlarda Murzoev ishqibozlarning e’tiboridan biroz chetga tushib qoldi. Vaholanki, bu futbolchi faoliyatini erta boshlagan va kelajagi porloq deya e’tirof etilgan. O‘z vaqtida Kievning «Dinamo» jamoasida ham faoliyat olib borgandi. Ayni paytda esa Kamoliddin murabbiylik uchun «S» litsenziyasiga tahsil olyapti. 32 yoshli o‘yinchi shu kungacha ko‘p narsalarni boshidan kechirdi. Natijada biz u bilan keng qamrovli mavzuda suhbatlashdik. Muloqot jarayonida Murzoev ko‘plab e’tiborli gaplarni va haqiqatlarni aytdi.
- O‘tgan yili OKMK safida O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdingiz. Ushbu klubda o‘tkazgan faoliyatingiz haqida ham to‘xtalib o‘tsangiz? Nima uchun ular bilan orani ochiq qildingiz?
- Chindan ham o‘tgan yili Olmaliqda ajoyib mavsumni o‘tkazdik. 2017 yili bu jamoa boshqatdan shakllanishni boshlagandi va o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygandi. O‘tgan yili esa buning mevasi ko‘rindi. Katta va kuchli klublar bilan sovrinlarni qo‘lga kiritish osonroq kechadi. Ammo o‘rtamiyona kabi jamoalar bilan sovrin yutish bu sizga ikki barobar rohatbaxsh tuyuladi. Ha, biz Kubokni yutdik va hammasi yaxshi ketayotgandi. Ammo rahbariyat tomonidan klubga boshqa murabbiy olib kelindi. Hech kimga sir emas, har bir murabbiyning futbolga o‘z qarashi bor. Shu sabab tufayli jamoadan ketdim. Ammo buni ham to‘g‘ri qabul qilish kerak. Bu – futbol. Boya aytganimdek, siz bir kunlik futbolchisiz. Ertaga esa sizni unutib ham yuborishlari mumkin. Bu futbolning yozilmagan qonunlaridan biri. Biroq o‘tgan yili OKMK to‘g‘ri yo‘lga tushib olganligi bilindi. U erda mazmunli mavsumni o‘tkazdik deb hisoblayman.
Suhbatning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin>>>
Fikrlar