Kamondan otish. 6 nafar hamyurtimiz Turkiyadagi litsenzion turnirda ishtirok etadi
14-17 iyun kunlari Turkiyaning Antalya shahrida kamondan otish bo‘yicha Parij-2024 Olimpiadasiga litsenziya beruvchi jahon litsenzion turniri bo‘lib o‘tadi. Ta’kidlash joiz, bu mazkur sport turida Olimpiada yo‘llanmalari o‘ynaladigan so‘nggi start hisoblanadi.
O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi unda ishtirok etadigan merganlarimiz nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, jamoaviy va yakkalik dasturlaridagi yo‘llanmalar o‘ynaladigan musobaqada hamyurtlarimiz quyidagi tarkibda ishtirok etishadi:
Erkaklar: Amirxon Sodiqov, Shohjahon Abdulhamidov, Yao Yuy Chen;
Ayollar: Ziyodaxon Abdusattorova, Nilufar Hamroeva, Jasmina Nurmanova.
Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz tarkibida Ziyodaxon Abdusattorova Osiyo litsenzion turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali o‘zbek sporti tarixida birinchi bor yakkalik dasturida yo‘llanma qo‘lga kiritib ulgurgan.
Fikrlar