
"Kanelo": "Kroufordning faoliyatida jiddiy raqiblar deyarli yo‘q!"
Boks bo‘yicha super o‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Saul Alvares yana bir tengsiz Terens Krouford haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Men Terensni juda hurmat qilaman, u engilmas va juda iste’dodli bokschi, ammo uning faoliyatida birgina taniqli nomni ko‘rishingiz mumkin. Menimcha, u hali kuchli raqiblarga duch kelmadi. Terens nimalarga qodir ekanligini kuchli raqiblarga qarshi janglarda isbotlashi kerak".
Eslatib o‘tamiz, Krouford so‘nggi jangida Errol Spensni 9-raundda nokautga uchratib, birinchi o‘rta vazn toifasida mutlaq chempionga aylangandi. Terens bu bilan faoliyatidagi 40 ta jangida 40-g‘alabasini qayd etdi.
Saul Alvares esa 30 sentyabr kuni Jermell Charloga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang Las Vegasdagi "T-Mobile" arenada bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar