Kannavaroning debyutida O‘zbekiston terma jamoasi Quvaytni taslim etdi (Fotogalereya)

  • 10 oktabr, 01:10
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasida Quvaytga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi. Fabio Kannavaro uchun ushbu bellashuv terma jamoa bosh murabbiyi sifatidagi debyut o‘yini hisoblandi va mazkur bahsda vakillarimiz 2:0 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Uchrashuvning 11-daqiqasida Eldor Shomurodov hisobni ochdi. Oradan 8 daqiqa o‘tgandan so‘ng, Hojimat Erkinov ikkinchi gol muallifiga aylanib, ustunlikni mustahkamladi — 2:0. 69-daqiqada esa Otabek Shukurov penaltini golga aylantira olmadi.

Ma’lumot uchun, “oq bo‘rilar” 13 oktyabr kuni Urugvay terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

Quyida bellashuvdan fotolavhalarni tomosha qiling:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!