Kante "Chelsi"da yana qancha o‘ynamoqchiligini aytdi

  • 07.09.2019 18:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Ngolo Kante o‘zining jamoadagi kelajagi borasida gapirdi.

“Hozir men “Chelsi”da o‘zimni juda qulay his qilyapman. Bu erda yana bir necha yil qolishni rejalashtiryapman. Albatta, boshqa jamoalardan takliflar bo‘layotganidan xursandman, ammo hozirda jamoada barcha narsa meni qanoatlantiryapti”, - deydi frantsiyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Kante joriy mavsum “Chelsi” safida 3ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!