Kapadze MTJ murabbiyligiga tayyormi? Mutaxassisning o‘zi bunga javob berdi

  • 22 yanvar, 17:01
  • Jahongir Inomjonov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi Srechko Katanets o‘z lavozimidan sog‘ligidagi muammolar sababli ketgani e’lon qilindi.

Tecno

Shundan so‘ng, "oq bo‘rilar" bosh murabbiyliligiga qaysi mutaxassis kelishi so‘roq ostida qoldi. Ayni damda SPORTS.UZ You Tube sahifasida "O‘zbekcha futbol" loyihasi davom etmoqda. Bunda bosh murabbiy lavozimiga kelishi mumkin bo‘lgan nomzodlar orasidagi Temur Kapadzega eksklyuziv aloqaga chiqildi.

Suhbat davomida mutaxassis bir necha savollarga javob berdi. https://www.youtube.com/live/AfdPq6RU4j8?si=qijo_oUD7cJYjMTd

- Sizga taklif bo‘lsa, bu lavozimga qanchalik tayyorsiz?

- Terma jamoada faoliyat yuritish men uchun doim birinchi o‘rinda turgan. Agar taklif bo‘lsa, kuchimiz bilan har tomonlama bunga tayyormiz. Vaziyatni to‘g‘ri baholagan holda mas’uliyatni o‘z bo‘ynimizga olishga shaymiz, - deya Kapadze yuqoridagi savolga javob berdi.

Eslatib o‘tamiz. ayni damda terma jamoamiz Qatarda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib bormoqda. Mamlakatning bosh jamoasi 27 yanvar kuni Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik bahsida ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
23/01/2025 10:44
ЕТАР ЭНДИ НЕГАТИВЧИЛАР КИМДИР БОШКАРИШ КЕРАККУ ЧЕТДАН КЕЛИБ УЗБЕКИСТОННИ ЧЕМПИОН КИЛМАЙДИКУ ХОЗИРГИ ШАРОИТДА КАПАДЗЕ ЯХШИ МУРАББИЙ ХАРАКАТ КИЛСИН БИЗ УНИ КУЛЛАБ-КУВАТЛАБ ТУРАЙЛИК ИНШООЛЛОХ ХАММАСИ ЯХШИ БУЛАДИ БИРОЗ ОПТИМИС БУЛИЙЛАР.
&
Anvar shirinov
22/01/2025 20:24
Копадзени қўлидан ҳеч нарса кемайди. Катанецни ўлигиям ундан кучли.