Karatechimiz Shanxay Premer-ligasida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Xitoyning Shanxay shahrida karatening WKF yo‘nalishi bo‘yicha Premer-liga musobaqasi o‘z yakuniga etdi. 3 kun davom etgan mazkur musobaqa terma jamoamiz uchun omadli yakunlandi.

Turnirning birinchi kunida hamyurtimiz Dostonbek Otabolaev -75 kg vazn toifasida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik. Karatechimiz bugun oltin medal uchun eronlik Bahman Asg‘ariga qarshi jang qildi. Murosasiz kechgan bahs Otabolaevning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi va yurtdoshimiz musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

Premer-liga musobaqasi Tokio Olimpiadasiga reyting ochkolarini taqdim etadigan yirik turnirlardan biridir. Ushbu g‘alabadan so‘ng sportchimiz o‘z hisobidagi Olimpiada reyting ochkolarini 900 taga ko‘paytirib olmoqda.


Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!