Karen Xachanov "qovun" tushurdi
Rossiyalik tennischi Karen Xachanov Madrid shahri mezbonlik qilayotgan "Masters" turkumiga kiruvchi "Mutua Madrid Open" musobaqasidagi ishtirokini yakunladi.
Turnirning yakkalik bahslari ikkinchi davrasida Karen ispaniyalik Fernando Verdaskoga qarshi kortga chiqib, kutilmaganda 7:6, 1:6, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa Verdasko chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda gretsiyalik Stefanos Tsitsipas bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.

Fikrlar