
Karius yana "Liverpul"ga qaytmoqda
Berlinning "Union" klubi "Liverpul"dan ijaraga olingan darvozabon Loris Kariusni muddatidan avval ortga qaytarib yubordi.
Bild nashrining xabar berishicha, Bundesliga klubi 27 yoshli germaniyalik posbonning transferini sotib olish fikridan qaytgan va u bilan 2021 yilning yozigacha tuzilgan ijara shartnomasini muddatidan avval bekor qilgan. Shu tariqa, Karius yana “Liverpul”ga qaytadigan bo‘ldi. Uning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, Karius 2018 yil “Real”ga (1:3) qarshi bo‘lib o‘tgan EChL finalida 2 ta qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygani uchun “Liverpul” bosh sovrindan quruq qolgan edi.
Fikrlar